AQShdagi “Irrigatsiya va suv tejamkor texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening natijalari, kelgusidagi xamkorlik rejalar bo‘yicha prorektor T.Sultanovning taqdimoti

AQShning Qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan 2018 yilning 10-22 sentyabr kunlarida  Kaliforniya universiteti (Devis)da tashkil etilgan “Irrigatsiya va suv tejamkor texnologiyalar” mavzusida seminar-treningda ishtirok etgan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov o‘zining xizmat safari yakunlari bo‘yicha 2018 yil 5 oktyabr kuni professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talaba-magistrantlarlar uchun soat 14.00da 4-ma’ruzalar zalida taqdimot qiladi.

Taqdimotda  Cochran dasturi, Kaliforniya Devis universitetining faoliyati va uning tajriba uchastkalari, Kaliforniya shtatida suv resurslarini boshqarish, shtatda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish, suv tejovchi texnologiyalar, tuproq ximoyasi, atrof – muxit ximoyasi, suv tozalash inshootlari, nasos stansiyalari, Sakramento daryosi deltasi xamda yer osti suvlaridan foydalanish va ularni boshqarishga doir almashinilgan tajribalar taqdim etiladi. 

Shuningdek AQShda xizmat safarida bo‘lib TIQXMMI bilan AQShning Kaliforniya universiteti (Devis) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘yicha institut kafedralarining aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan o‘zaro xamkorlikda ishlash uchun masalalari e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

Barcha qiziquvchilar ushbu taqdimotga taklif etiladi.